وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا اخْتَلَفَ الْبَيِّعَانِ فَالْقَوْلُ قَوْلُ الْبَائِعِ وَالْمُبْتَاعُ بِالْخِيَارِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَفِي رِوَايَةِ ابْنِ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيِّ قَالَ: «الْبَيِّعَانِ إِذَا اخْتَلَفَا وَالْمَبِيعُ قَائِمٌ بِعَيْنِهِ وَلَيْسَ بَيْنَهُمَا بَيِّنَةٌ فَالْقَوْلُ مَا قَالَ الْبَائِعُ أَو يترادان البيع»
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sotuvchi bilan xaridor (savdoda) ixtilof qilsalar, soʻz sotuvchining soʻzidir va xaridor (qaytarish) ixtiyoriga ega boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu mursal hadisdir, Avn ibn Abdulloh Ibn Masʼudga yetishmagan. Bu hadis Qosim ibn Abdurrahmondan, u Ibn Masʼuddan, u Paygʻambar ﷺdan ham rivoyat qilingan boʻlib, u ham mursaldir. Abu Iso aytdi: Ishoq ibn Mansur aytdi: Ahmadga: «Sotuvchi bilan xaridor ixtilof qilsalar-u, (hech qanday) dalil boʻlmasa (qanday boʻladi)?» dedim. U: «Soʻz mol egasining aytgani boʻladi yoki ikkalasi (savdoni) qaytaradilar», dedi. Ishoq: «(Ahmad) aytgandek. Soʻz kimning soʻzi boʻlsa, oʻshanga qasam (yuklatiladi)», dedi. Abu Iso aytdi: Tobeʼinlardan ilm ahlining baʼzilaridan — jumladan Shurayh va boshqalardan — shunga oʻxshash (hukm) rivoyat qilingan.