عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسلم: " اشْترى رَجُلٌ مِمَّنْ كَانَ قَبْلَكُمْ عَقَارًا مِنْ رَجُلٍ فَوَجَدَ الَّذِي اشْتَرَى الْعَقَارَ فِي عَقَارِهِ جَرَّةً فِيهَا ذَهَبٌ فَقَالَ لَهُ الَّذِي اشْتَرَى الْعَقَارَ: خُذْ ذَهَبَكَ عَنِّي إِنَّمَا اشْتَرَيْتُ الْعَقَارَ وَلَمْ أَبْتَعْ مِنْكَ الذَّهَبَ. فَقَالَ بَائِعُ الْأَرْضِ: إِنَّمَا بِعْتُكَ الْأَرْضَ وَمَا فِيهَا فَتَحَاكَمَا إِلَى رَجُلٍ فَقَالَ الَّذِي تَحَاكَمَا إِلَيْهِ: أَلَكُمَا وَلَدٌ؟ فَقَالَ أَحَدُهُمَا: لي غُلَام وَقَالَ الآخر: لي جَارِيَة. فَقَالَ: أَنْكِحُوا الْغُلَامَ الْجَارِيَةَ وَأَنْفِقُوا عَلَيْهِمَا مِنْهُ وَتَصَدَّقُوا "
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dedilar: «Bir kishi boshqa bir kishidan oʻ yer-mulkini sotib oldi. Yer-mulkni sotib olgan kishi oʻz mulkidan ichida oltin boʻlgan bir xumni topib oldi. Shunda yer-mulkni sotib olgan kishi unga: ‹Oltiningni mendan ol, men sendan faqat yerni sotib oldim, oltinni sotib olmadim›, dedi. Yerni sotgan kishi esa: ‹Men senga yerni va undagi narsani sotdim›, dedi. (Rasululloh ﷺ) dedilar: Soʻng ular bir kishiga hukmga keldilar. Ular hukmga kelgan kishi: ‹Ikkovingizning farzandingiz bormi?› dedi. Ulardan biri: ‹Mening oʻgʻlim bor›, dedi, boshqasi: ‹Mening qizim bor›, dedi. U: ‹Oʻgʻilni qizga uylantiringlar, undan (oltindan) oʻzlaringizga sarflanglar va sadaqa qilinglar›, dedi».