وَعَنْ أَبِي قَتَادَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ سَرَّهُ أَنْ يُنْجِيَهُ اللَّهُ مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ فَلْيُنَفِّسْ عَنْ مُعْسِرٍ أَوْ يَضَعْ عَنْهُ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U oʻzining bir qarzdorini talab qildi, (qarzdor) undan yashirinib yurdi, soʻng (Abu Qatoda) uni topdi. (Qarzdor): «Men qiynalgan (toʻlovga qiynaladigan) odamman», — dedi. (Abu Qatoda): «Alloh haqimi?» — dedi. U: «Alloh haqi», — dedi. (Abu Qatoda) dedi: «Men Rasululloh ﷺ ning shunday deyayotganlarini eshitganman: ‹Kim Alloh uni qiyomat kuni gʻam-anduhlaridan qutqarishidan xursand boʻlsa, qiynalgan (qarzdor)ga yengillik bersin yoki (qarzini) undan soqit qilsin (kechib yuborsin)›».