وَعَنْ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ: أَنَّهُ تَقَاضَى ابْنَ أَبِي حَدْرَدٍ دَيْنًا لَهُ عَلَيْهِ فِي عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْمَسْجِدِ فَارْتَفَعَتْ أَصْوَاتُهُمَا حَتَّى سَمِعَهَا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ فِي بَيْتِهِ فَخَرَجَ إِلَيْهِمَا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَتَّى كَشَفَ سِجْفَ حُجْرَتِهِ وَنَادَى كَعْبَ بْنَ مَالِكٍ قَالَ: «يَا كَعْبُ» قَالَ: لَبَّيْكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَأَشَارَ بِيَدِهِ أَنْ ضَعِ الشَّطْرَ مِنْ دَيْنِكَ قَالَ كَعْبٌ: قَدْ فَعَلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: «قُمْ فاقضه»
Kaʼb ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zamonlarida men masjidda Ibn Abu Hadraddan menga qarzini toʻlashni talab qildim va ovozlarimiz shunchalik balandlashdiki, Rasululloh ﷺ uni uyida turib eshitdilar. U zot xonasi pardasini koʻtarib oldimizga keldilar. Paygʻambar ﷺ: «Ey Kaʼb ibn Molik!» — dedilar. Men: «Labbayk, yo Rasululloh», — dedim. U zot qoʻllari bilan menga qarzni yarmiga tushirishni ishora qildilar. Men: «Yo Rasululloh, shunday qildim», — dedim. Rasululloh ﷺ (Ibn Hadradga): «Tur, uni toʻla», — dedilar.