وَعَنِ الشَّرِيدِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَيُّ الْوَاجِدِ يُحِلُّ عِرْضَهُ وَعُقُوبَتَهُ» قَالَ ابْنُ الْمُبَارَكِ: يُحِلُّ عِرْضَهُ: يُغَلَّظُ لَهُ. وَعُقُوبَتَهُ: يُحْبَسُ لَهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيّ
Sharid (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi: U zot ﷺ: «(Toʻlashga) imkoni boʻla turib (qarzni) choʻzgan (toʻlamagan) kishi oʻz obroʻyini (uni soʻkish-koyishni) va jazolanishini (oʻziga nisbatan) halol qiladi», dedilar. Ibnul-Muborak aytdiki: «Oʻz obroʻyini halol qiladi» — unga (qarzdorga) qattiq gapirilishidir, «jazolanishi» esa — uning (qarzdorning) hibsga olinishidir.