وَعَن عُرْوَة بن أبي الْجَعْد الْبَارِقي: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَعْطَاهُ دِينَارًا لِيَشْتَرِيَ بِهِ شَاةً فَاشْتَرَى لَهُ شَاتين فَبَاعَ إِحْدَاهمَا بِدِينَار وَأَتَاهُ بِشَاة ودينار فَدَعَا لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَيْعِهِ بِالْبَرَكَةِ فَكَانَ لَوِ اشْتَرَى تُرَابا لربح فِيهِ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Urva ibn Abul Jaʼd al-Boriqiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ unga oʻzlari uchun bir qoʻy sotib olsin deb bir dinor berdilar. U (Urva) ikkita qoʻy sotib oldi, soʻng ularning birini bir dinorga sotdi va u zotga bir qoʻy hamda bir dinor keltirdi. Shunda Rasululloh ﷺ uning savdosiga baraka tilab, unga duo qildilar. Endi u shunday (barakali) boʻlib qoldiki, agar tuproq sotib olganda ham, undan foyda koʻrar edi. Buxoriy rivoyat qilgan.