وَعَن عمرَان ابْن حُصَيْنٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «لَا جَلَبَ وَلَا جَنَبَ وَلَا شِغَارَ فِي الْإِسْلَامِ وَمَنِ انْتَهَبَ نُهْبَةً فَلَيْسَ مِنَّا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Islomda jalab ham, janab ham, shigʻor ham yoʻq. Kim bir narsani talon-taroj qilib (zoʻrlik bilan) olsa, u bizdan emas», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Anas, Abu Rayhona, Ibn Umar, Jobir, Muoviya, Abu Hurayra va Voil ibn Hujrdan ham (hadis) rivoyat qilingan.