وَعَن سَمُرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ وَجَدَ عَيْنَ مَالِهِ عِنْدَ رَجُلٍ فَهُوَ أَحَقُّ بِهِ وَيَتَّبِعُ الْبَيِّعُ مَنْ بَاعَهُ» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kim oʻz molining ayni oʻzini bir kishining qoʻlida topsa, u oʻsha molga (boshqalardan) haqliroqdir. Xaridor esa molni unga sotgan kishini taʼqib qilsin (undan haqini undirsin)», — dedilar.