وَعَنْهُ قَالَ: قَضَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِالشُّفْعَةِ فِي كُلِّ شَرِكَةٍ لَمْ تُقْسَمْ رَبْعَةٍ أَوْ حَائِطٍ: «لَا يَحِلُّ لَهُ أَن يَبِيع حَتَّى يُؤذن شَرِيكه فَإِن شَاءَ أَخَذَ وَإِنْ شَاءَ تَرَكَ فَإِذَا بَاعَ وَلَمْ يُؤْذِنْهُ فَهُوَ أَحَقُّ بِهِ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ taqsim qilinmagan har bir sheriklikda — u hovli boʻladimi yoki bogʻ boʻladimi — shufʼani (oldi-berdida ustunlik huquqini) hukm qildilar. (Sherikning) sherigiga bildirmaguncha uni sotishi unga joiz emas. Bas, xohlasa oladi, xohlasa qoldiradi. Agar (sherigi) sotsa-yu, unga bildirmasa, u (oldingi sherik) unga eng haqlidir.