وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا بَعَثَ اللَّهُ نَبِيًّا إِلَّا رَعَى الْغَنَمَ» . فَقَالَ أَصْحَابُهُ: وَأَنْتَ؟ فَقَالَ: «نَعَمْ كُنْتُ أَرْعَى عَلَى قَرَارِيطَ لِأَهْلِ مَكَّةَ» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Alloh hech bir paygʻambarni — qoʻy boqmagan holda — yubormagan», — dedilar. Sahobalar u zotdan: «Siz ham shunday qildingizmi?» — deb soʻradi. Paygʻambar ﷺ: «Ha, men Makka ahlining qoʻylarini bir necha qirot (haqi) evaziga boqar edim», — deb javob berdilar.