عَنْ خَارِجَةَ بْنِ الصَّلْتِ عَنْ عَمِّهِ قَالَ: أَقْبَلْنَا مِنْ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَتَيْنَا عَلَى حَيٍّ مِنَ الْعَرَبِ فَقَالُوا: إِنَّا أُنْبِئْنَا أَنَّكُمْ قَدْ جِئْتُمْ مِنْ عِنْدِ هَذَا الرَّجُلِ بِخَيْرٍ فَهَلْ عِنْدَكُمْ مِنْ دَوَاءٍ أَوْ رُقْيَةٍ؟ فَإِنَّ عِنْدَنَا مَعْتُوهًا فِي الْقُيُود فَقُلْنَا: نعم فجاؤوا بِمَعْتُوهٍ فِي الْقُيُودِ فَقَرَأْتُ عَلَيْهِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ غُدْوَةً وَعَشِيَّةً أَجْمَعُ بُزَاقِي ثُمَّ أَتْفُلُ قَالَ: فَكَأَنَّمَا أُنْشِطَ مِنْ عِقَالٍ فَأَعْطَوْنِي جُعْلًا فَقُلْتُ: لَا حَتَّى أَسْأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «كُلْ فَلَعَمْرِي لَمَنْ أَكَلَ بِرُقْيَةِ بَاطِلٍ لَقَدْ أَكَلْتَ بِرُقْيَةِ حَقٍّ» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد
Xorija ibn as-Saltning amakisi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ huzurlaridan qaytib, arablardan bir qabilaga keldik. Ular: «Bizga xabar berishlaricha, sizlar ana shu kishining huzuridan biror yaxshilik bilan kelibsizlar. Sizlarda biror dori yoki ruqya bormi? Negaki, bizning oldimizda kishanlangan bir telba bor», dedilar. (Amakisi) dedi: Biz: «Ha», dedik. (Amakisi) dedi: Bas, ular kishanlangan bir telbani olib kelishdi. (Amakisi) dedi: Men unga uch kun davomida ertalab va kechqurun Fotiha surasini oʻqidim. Har gal uni tugatganimda, soʻlagimni yigʻib, soʻng purkar edim. Shunda u xuddi tushovdan boʻshatilgan kabi (sogʻaydi). (Amakisi) dedi: Bas, ular menga bir haq berishdi. Men esa: «Toki Rasululloh ﷺ dan soʻramagunimcha, (olmayman)», dedim. Shunda (Rasululloh ﷺ): «Yeyaver. Hayotimga qasamki, kimdir botil ruqya evaziga (haq) yegan boʻlsa, sen haq ruqya evaziga yeding», dedilar.