وَعَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ رَجُلٌ أَهْدَى إِلَيَّ قَوْسًا مِمَّنْ كُنْتُ أُعَلِّمُهُ الْكِتَابَ وَالْقُرْآنَ وَلَيْسَتْ بِمَالٍ فَأَرْمِي عَلَيْهَا فِي سَبِيلِ اللَّهِ قَالَ: «إِنْ كُنْتَ تُحِبُّ أَنْ تُطَوَّقَ طَوْقًا مِنْ نَارٍ فَاقْبَلْهَا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه
Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Suffa ahlidan baʼzi kishilarga yozuvni va Qurʼonni oʻrgatdim. Ulardan bir kishi menga bir yoy hadya qildi. Men: ‹Bu mol emas, men u bilan Aziz va Jalil boʻlgan Allohning yoʻlida (oʻq) otaman. Albatta, Rasululloh ﷺ huzurlariga borib, u zotdan soʻrayman›, dedim. Soʻng u zotning huzurlariga keldim va: ‹Ey Allohning Rasuli, men yozuvni va Qurʼonni oʻrgatib turgan kishilardan biri menga yoy hadya qildi, bu mol emas, men u bilan Allohning yoʻlida (oʻq) otaman›, dedim. U zot: ‹Agar oʻzingni oʻtdan boʻlgan bir halqa bilan halqalanishingni yoqtirsang, uni qabul qil›, dedilar».