وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " ثَلَاثَةٌ لَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ رَجُلٌ حَلَفَ عَلَى سِلْعَةٍ لَقَدْ أُعْطِيَ بِهَا أَكْثَرَ مِمَّا أُعْطِيَ وَهُوَ كَاذِبٌ وَرَجُلٌ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ كَاذِبَةٍ بَعْدَ الْعَصْرِ لِيَقْتَطِعَ بِهَا مَالَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ وَرَجُلٌ مَنَعَ فَضْلَ مَاءٍ فَيَقُولُ اللَّهُ: الْيَوْمَ أَمْنَعُكَ فَضْلِي كَمَا مَنَعْتَ فَضْلَ مَاء لم تعْمل يداك «
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Uch (xil) kishi borki, Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularga (rahmat nazari bilan) qaramaydi: (1) oʻz molini (sotishda) — unga berilgandan koʻra koʻproq (narx) taklif qilingan, deb — yolgʻon qasam ichgan kishi; (2) bir musulmonning molini (nohaq) olish uchun asr namozidan keyin yolgʻon qasam ichgan kishi; (3) va oʻz ortiqcha suvini (ushlab) qoldirgan kishi. Alloh unga: ‹Bugun Men sendan Oʻz fazlimni (rahmatimni) tutaman — sen oʻzing yaratmagan narsaning ortiqchasini (boshqalardan) tutganingdek›, — deydi», — dedilar.