وَعَن أَبْيَضَ بْنِ حَمَّالِ الْمَأْرِبِيِّ: أَنَّهُ وَفَدَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَسْتَقْطَعَهُ الْمِلْحَ الَّذِي بِمَأْرِبَ فَأَقْطَعُهُ إِيَّاهُ فَلَمَّا وَلَّى قَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّمَا أَقْطَعْتَ لَهُ الْمَاءَ الْعِدَّ قَالَ: فَرَجَّعَهُ مِنْهُ قَالَ: وَسَأَلَهُ مَاذَا يحمى من الْأَرَاك؟ قَالَ: «مَا لَمْ تَنَلْهُ أَخْفَافُ الْإِبِلِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَه والدارمي
Abyaz ibn Hammol (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ huzuriga (elchi boʻlib) keldi va u zotdan tuz (konini mulk qilib) ajratib berishni soʻradi (Ibn al-Mutavakkil: «u Maʼrib (mavzeʼi)da edi» dedi). U zot uni unga ajratib berdilar. U (Abyaz) ortga burilgach, majlisdagi bir kishi: «Unga nimani ajratib berganingizni bilasizmi? Siz unga (tuganmas) oqar suvni ajratib berdingiz», dedi. Shunda u zot uni undan qaytarib oldilar. (Abyaz) u zotdan arak daraxtlari (oʻsadigan yer)dan qaysi (joyni) qoʻriqlash (mumkinligi) haqida soʻradi. U zot: «(Tuyalarning) tuyoqlari yetmaydigan (joyni)», dedilar. Ibn al-Mutavakkil esa: «Tuyalarning tuyoqlari», dedi.