وَعَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدُبٍ: أَنَّهُ كَانَتْ لَهُ عضد من نخل فِي حَائِطِ رَجُلٍ مِنَ الْأَنْصَارِ وَمَعَ الرَّجُلِ أَهْلُهُ فَكَانَ سَمُرَةُ يَدْخُلُ عَلَيْهِ فَيَتَأَذَّى بِهِ فَأتى النَّبِي صلى الله عَلَيْهِ وَسلم فذكرذلك لَهُ فَطَلَبَ إِلَيْهِ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم ليَبِيعهُ فَأبى فَطلب أَن يناقله فَأَبَى قَالَ: «فَهَبْهُ لَهُ وَلَكَ كَذَا» أَمْرًا رَغْبَةً فِيهِ فَأَبَى فَقَالَ: «أَنْتَ مُضَارٌّ» فَقَالَ لِلْأَنْصَارِيِّ: «اذْهَبْ فَاقْطَعْ نَخْلَهُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abu Jaʼfar Muhammad ibn Ali (rahimahulloh) Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi: Uning (Samuraning) ansorlardan boʻlgan bir kishining bogʻida bir qator xurmo daraxti bor edi. U kishi oilasi bilan (oʻsha bogʻda) yashar edi. Samura xurmosiga (qarashga) kirib turar, bu esa u (ansoriy)ga ozor berar va ogʻir botar edi. Shunda u (ansoriy) Samuradan oʻsha (xurmolarni) sotishni soʻradi, lekin u (Samura) bosh tortdi. Soʻng undan boshqa narsaga almashtirib berishini soʻradi, u yana bosh tortdi. Bas, u (ansoriy) Paygʻambar ﷺ huzurlariga kelib, buni u zotga aytdi. Paygʻambar ﷺ undan (Samuradan) uni (xurmoni) sotishni soʻradilar, u bosh tortdi. Soʻng undan boshqa narsaga almashtirishni soʻradilar, u yana bosh tortdi. U zot ﷺ: «Uni unga hadya qilib bergin, senga buncha-buncha (savob) boʻladi», deb uni unda (savobda) ragʻbatlantirdilar, lekin u bosh tortdi. Shunda u zot ﷺ: «Sen zarar yetkazuvchisan», dedilar. Soʻngra Rasululloh ﷺ ansoriyga: «Borib, uning xurmosini yulib (kovlab) tashla», dedilar.