عَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَمْسِكُوا أَمْوَالَكُمْ عَلَيْكُمْ لَا تُفْسِدُوهَا فَإِنَّهُ مَنْ أَعْمَرَ عُمْرَى فَهِيَ لِلَّذِي أعمر حَيا وَمَيتًا ولعقبه» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Mol-mulklaringizni oʻzingizda saqlang, ularni buzib (isrof qilib) yubormang. Zero, kimki bir narsani umro qilib bersa, u narsa oʻzi berilgan kishiga — tirikligida ham, vafotidan keyin ham — va uning avlodlariga (tegishli) boʻladi», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.