عَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَتِ امْرَأَةُ بَشِيرٍ: انْحَلِ ابْنِي غُلَامَكَ وَأَشْهِدْ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَتَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنَّ ابْنَةَ فُلَانٍ سَأَلَتْنِي أَنْ أَنْحَلَ ابْنَهَا غُلَامِي وَقَالَتْ: أَشْهِدْ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «أَلَهُ إِخْوَةٌ؟» قَالَ: نَعَمْ قَالَ: «أَفَكُلَّهُمْ أَعْطَيْتَهُمْ مِثْلَ مَا أَعْطَيْتَهُ؟» قَالَ: لَا قَالَ: «فَلَيْسَ يَصْلُحُ هَذَا وَإِنِّي لَا أَشْهَدُ إِلَّا على حق» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bashirning xotini (eriga): «Mening oʻgʻlimga qulingni hadya qil va buning uchun menga Rasululloh ﷺ ni guvoh qil», — dedi. Shunda (Bashir) Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: «Falonchining qizi mendan oʻgʻliga qulimni hadya qilishimni soʻradi va: ‹Buning uchun menga Rasululloh ﷺ ni guvoh qil›, — dedi», — dedi. Shunda (Rasululloh ﷺ): «Uning aka-ukalari bormi?» — dedilar. (U): «Ha», — dedi. (Rasululloh ﷺ): «Sen unga berganing kabi ularning hammasiga berganmisan?» — dedilar. (U): «Yoʻq», — dedi. (Rasululloh ﷺ): «Unday boʻlsa, bu durust emas. Men esa faqat haq narsagagina guvoh boʻlaman», — dedilar.