وَعَن أبي سعيد الْخُدْرِيّ: أَنَّ عَلِيَّ بْنَ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ وَجَدَ دِينَارًا فَأتى بِهِ فَاطِمَة رَضِي الله عَنْهَا فَسَأَلَ عَنْهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَذَا رِزْقُ اللَّهِ» فَأَكَلَ مِنْهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأكل عَليّ وَفَاطِمَة رَضِي الله عَنْهُمَا فَلَمَّا كَانَ بَعْدَ ذَلِكَ أَتَتِ امْرَأَةٌ تَنْشُدُ الدِّينَارَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا عَلِيُّ أَدِّ الدِّينَارَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ali ibn Abu Tolib bir dinor topib oldi va uni Fotimaga keltirdi. Fotima u haqida Rasululloh ﷺdan soʻradi. Shunda u zot: «U Alloh azza va jallaning rizqidir», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ undan (uning evaziga olingan taomdan) yedilar, Ali bilan Fotima ham yedilar. Shundan keyin u zotning huzurlariga bir ayol dinorni soʻrab faryod qilib keldi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ey Ali, dinorni (egasiga) topshir», dedilar.