وَعَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا يَرِثُ الْمُسْلِمُ الْكَافِرَ وَلَا الْكَافِرُ الْمُسْلِمَ»
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U: «Ey Rasululloh, Makkadagi uyingizga tushasizmi?» dedi. U zot: «Aqiyl bizga biror hovli yoki uy qoldirdimi?» dedilar. Aqiyl va Tolib Abu Tolibga voris boʻlishgan, Jaʼfar ham, Ali ham hech narsaga voris boʻlmagan edilar, chunki ikkovlari musulmon edilar, Aqiyl va Tolib esa kofir edilar. Shu sababdan Umar: «Moʻmin kofirga voris boʻlmaydi», der edi. Usoma dedi: Rasululloh ﷺ: «Musulmon kofirga voris boʻlmaydi, kofir ham musulmonga voris boʻlmaydi», dedilar.