وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَيُّمَا رَجُلٍ عَاهَرَ بِحُرَّةٍ أَوْ أَمَةٍ فَالْوَلَد ولد زنى لَا يَرث وَلَا يُورث» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir kishi hur ayol yo choʻri bilan zino qilsa, bas, bola — zino bolasidir, u meros olmaydi va undan meros ham olinmaydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni Ibn Lahiadan boshqalar ham Amr ibn Shuaybdan rivoyat qilganlar. Bu masalada ilm ahli shunga amal qilganlar: zino bolasi otasidan meros olmaydi.