وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: إِنَّكُمْ تقرؤون هَذِهِ الْآيَةَ: (مِنْ بَعْدِ وَصِيَّةٍ تُوصُونَ بِهَا أَو دين) وَإِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَضَى بِالدّينِ قبل الْوَصِيَّةِ وَأَنَّ أَعْيَانَ بَنِي الْأُمِّ يَتَوَارَثُونَ دُونَ بَنِي الْعَلَّاتِ الرَّجُلُ يَرِثُ أَخَاهُ لِأَبِيهِ وَأُمِّهِ دُونَ أَخِيهِ لِأَبِيهِ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَفِي رِوَايَةِ الدَّارِمِيِّ: قَالَ: «الْإِخْوَةُ مِنَ الْأُمِّ يَتَوَارَثُونَ دُونَ بَنِي الْعَلَّاتِ. . .» إِلَى آخِره
Horis (rahimahulloh) Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi: U: «Sizlar mana bu oyatni: {Vasiyat qilgan vasiyatlaringizdan yoki qarzdan keyin} (Niso 11) deb oʻqiysizlar. Holbuki Rasululloh ﷺ qarzni vasiyatdan oldin (ado qilishga) hukm qilganlar. Hamda ona-bir (ota ham ona ham bir) aka-ukalar bir-biriga meros boʻladilar, faqat ota-bir (lekin onasi boshqa) aka-ukalar (ona-birlar borligida) meros olmaydilar: kishi ota-bir va ona-bir akasiga meros boʻladi, faqat ota-bir akasiga (ona-birlar borligida) emas», dedi. Bizga Bundor, unga Yazid ibn Horun, unga Zakariyo ibn Abu Zoida, u Abu Ishoqdan, u Horisdan, u Alidan, u Nabiy ﷺdan shuning misli (hadisni rivoyat qildi).