وَعَنْ هُزَيْلِ بْنِ شُرَحْبِيلَ قَالَ: سُئِلَ أَبُو مُوسَى عَنِ ابْنَةٍ وَبِنْتِ ابْنٍ وَأُخْتٍ فَقَالَ: للْبِنْت النّصْف وَللْأُخْت النّصْف وائت ابْنَ مَسْعُودٍ فَسَيُتَابِعُنِي فَسُئِلَ ابْنُ مَسْعُودٍ وَأُخْبِرَ بقول أبي مُوسَى فَقَالَ: لقد ضللت إِذن وَمَا أَنَا مِنَ الْمُهْتَدِينَ أَقْضِي فِيهَا بِمَا قَضَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لِلْبِنْتِ النِّصْفُ وَلِابْنَةِ الِابْنِ السُّدُسُ تَكْمِلَةَ الثُّلُثَيْنِ وَمَا بَقِيَ فَلِلْأُخْتِ» فَأَتَيْنَا أَبَا مُوسَى فَأَخْبَرْنَاهُ بِقَوْلِ ابْنِ مَسْعُودٍ فَقَالَ: لَا تَسْأَلُونِي مَا دَامَ هَذَا الحبر فِيكُم. رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Huzayl ibn Shurahbil rivoyat qildiki,) Abu Musodan — (vafot etgan kishining) qizi, oʻgʻlining qizi va singlisi (haqidagi meros) toʻgʻrisida soʻraldi. U: «Qizga yarmi, singilga yarmi (tegadi). Ibn Masʼudning oldiga borsang, u ham menga qoʻshiladi», dedi. Soʻngra Ibn Masʼuddan soʻraldi va unga Abu Musoning soʻzi aytildi. U: «(Agar shunday desam,) men adashgan boʻlardim va hidoyat topganlardan boʻlmasdim. Men bu haqda Paygʻambar ﷺ hukm qilganidek hukm qilaman: qizga yarmi, oʻgʻil qiziga oltidan biri — (qizning hissasi bilan) uchdan ikkini toʻldirish uchun, qolgani esa singilnikidir», dedi. Soʻng biz Abu Musoning oldiga kelib, unga Ibn Masʼudning soʻzini aytdik. U: «Bu olim (Ibn Masʼud) oranglarda ekan, mendan (bunday masalalarni) soʻramanglar», dedi.