وَعَنْ تَمِيمٍ الدَّارِيِّ قَالَ: سَأَلَتْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَا السُّنَةُ فِي الرَّجُلِ مِنْ أَهْلِ الشِّرْكِ يُسْلِمُ عَلَى يَدَيْ رَجُلٍ مِنَ الْمُسْلِمِينَ؟ فَقَالَ: «هُوَ أَوْلَى النَّاسِ بِمَحْيَاهُ وَمَمَاتِهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ
Tamim ad-Doriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Men Rasululloh ﷺdan: «Mushrik ahlidan boʻlgan bir kishi musulmonlardan birortasining qoʻlida islom qabul qilsa, sunnat (hukm) nima boʻladi?», deb soʻradim. Shunda Rasululloh ﷺ: «U (islomga keltirgan kishi) hayotida ham, mamotida ham odamlarning unga eng haqlirogʻidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Biz bu hadisni faqat Abdulloh ibn Vahbning — uni Ibn Mavhab ham deyiladi — Tamim ad-Doriydan (qilgan) hadisi orqaligina bilamiz. Baʼzilar Abdulloh ibn Vahb bilan Tamim ad-Doriy oʻrtasiga Qabisa ibn Zuaybni kiritganlar, bu sahih emas. Uni Yahyo ibn Hamza Abdulaziz ibn Umardan rivoyat qilib, unda Qabisa ibn Zuaybni qoʻshgan, bu mening nazdimda muttasil (ulangan) emas. Bu hadisga baʼzi ilm ahli amal qilganlar. Baʼzilari esa: «Uning merosi baytulmolga qoʻyiladi», deganlar. Bu Shofiʼiyning soʻzidir va u Nabiy ﷺning «Valo (ozod qilish qarobati) ozod qilgan kishiga tegishlidir» degan hadisini dalil keltirgan.