وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا خَطَبَ إِلَيْكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَزَوِّجُوهُ إِنْ لَا تَفْعَلُوهُ تَكُنْ فِتَنَةٌ فِي الْأَرْضِ وَفَسَادٌ عَرِيضٌ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlarga dini va xulqidan rozi boʻlgan kishingiz sovchi boʻlib kelsa, uni uylantiringlar. Agar bunday qilmasangiz, yer yuzida fitna va keng (yoyilgan) fasod boʻladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Hotim al-Muzaniy va Oishadan ham (hadis rivoyat qilingan). Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisida Abdulhamid ibn Sulaymonga muxolafat qilingan. Uni Lays ibn Saʼd Ibn Ajlondan, u Abdulloh ibn Hurmuzdan, u Nabiy ﷺdan mursal (suratda) rivoyat qilgan. Abu Iso aytdi: Muhammad aytdi: Laysning hadisi (haqiqatga) yaqinroqdir. U Abdulhamidning hadisini mahfuz (saqlangan) deb sanamadi.