عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنِّي تَزَوَّجْتُ امْرَأَةً مِنَ الْأَنْصَارِ قَالَ: «فَانْظُرْ إِلَيْهَا فَإِنَّ فِي أَعْيُنِ الْأَنْصَارِ شَيْئًا» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning huzurlariga bir kishi kelib: «Men ansorlardan boʻlgan bir ayolga uylandim», dedi. Nabiy ﷺ unga: «Unga (qarab) nazar soldingmi? Chunki ansorlarning koʻzlarida bir narsa bor», dedilar. U: «Unga nazar soldim», dedi. (Nabiy ﷺ): «Unga qancha (mahr) evaziga uylanding?» dedilar. U: «Toʻrt uqiya (kumush) evaziga», dedi. Shunda Nabiy ﷺ unga: «Toʻrt uqiya?! Goʻyo siz kumushni mana shu togʻning yonbagʻridan oʻyib olayotgandeksiz! Bizning yonimizda senga beradigan narsa yoʻq, lekin biz seni bir gʻazot (qoʻshin)ga joʻnatishimiz mumkin, undan (oʻlja) topasan», dedilar. Roviy aytdi: Soʻngra u (Rasululloh ﷺ) Banu Abs (qabilasi)ga bir qoʻshin joʻnatdilar, oʻsha kishini ham ular orasida joʻnatdilar.