وَعَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِ فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَ: «الْحَمْوُ الْمَوْتُ»
Uqba ibn Amir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ayollar oldiga kirishdan saqlaninglar», dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, erning qarindoshi (qaynaga) haqida nima deysiz?» dedi. U zot ﷺ: «Erning qarindoshi oʻlimdir», dedilar. Muttafaqun alayh.