وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ: أَنَّهَا كَانَتْ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَمَيْمُونَةُ إِذْ أقبل ابْن مَكْتُومٍ فَدَخَلَ عَلَيْهِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «احْتَجِبَا مِنْهُ» فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلَيْسَ هُوَ أَعْمَى لَا يُبْصِرُنَا؟ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَفَعَمْيَاوَانِ أَنْتُمَا؟ أَلَسْتُمَا تُبْصِرَانِهِ؟» رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُد
Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U Maymuna bilan Rasululloh ﷺ huzurlarida edi. (Umm Salama) aytdi: Biz u zotning huzurlarida ekanimizda, Ibn Ummu Maktum kelib, u zotning oldilariga kirdi. Bu hijob (pardalanish) bizga buyurilganidan keyin edi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ikkalangiz undan pardalaninglar», dedilar. Men: «Yo Rasululloh, u koʻr-ku, bizni koʻrmaydi, taniyam olmaydi?» dedim. Rasululloh ﷺ: «Ikkovingiz ham koʻrmisizlar? Uni koʻrmayapsizlarmi?» dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.