وَعَنْ عَائِشَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَيُّمَا امْرَأَةٍ نَكَحَتْ بِغَيْرِ إِذْنِ وَلَيِّهَا فَنِكَاحُهَا بَاطِلٌ فَنِكَاحُهَا بَاطِلٌ فَنِكَاحُهَا بَاطِلٌ فَإِنْ دَخَلَ بِهَا فَلَهَا الْمَهْرُ بِمَا اسْتَحَلَّ مِنْ فَرْجِهَا فَإِنِ اشْتَجَرُوا فَالسُّلْطَانُ وَلِيُّ من لَا ولي لَهُ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ والدارمي
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir ayol oʻz valiysining iznisiz nikohlansa, uning nikohi botildir, uning nikohi botildir, uning nikohi botildir. Agar (eri) unga qoʻshilgan boʻlsa, undan (jinsiy aloqani) halol qilib olgani evaziga unga mahr (vojib) boʻladi. Agar (valiylari) ixtilof qilsalar, valiysi boʻlmagan kishining valiysi sultondir (hokimdir)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan hadisdir. Bu bobda ish Nabiy ﷺning «Valiysiz nikoh (sahih) boʻlmaydi» degan hadislari ustidadir. Bu Nabiy ﷺning sahobalaridan ilm ahllari — Umar ibn al-Xattob, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Abbos, Abu Hurayra va boshqalarning soʻzidir. Shuningdek, baʼzi tobeʼin fuqaholaridan ham «Valiysiz nikoh (sahih) boʻlmaydi», deganlari rivoyat qilingan. Ular orasida Said ibn al-Musayyab, Hasan al-Basriy, Shurayh, Ibrohim an-Naxaiy, Umar ibn Abdulaziz va boshqalar bor. Sufyon as-Savriy, Avzoiy, Abdulloh ibn al-Muborak, Molik, Shofeiy, Ahmad va Ishoq ham shu (soʻz)ni aytadilar.