وَعَنْهَا قَالَتْ: تَزَوَّجَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي شَوَّالٍ وَبَنَى بِي فِي شَوَّالٍ فَأَيُّ نِسَاءِ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ أَحْظَى عِنْدَهُ مِنِّي؟ . رَوَاهُ مُسلم
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ men bilan Shavvol oyida nikohlandilar va men bilan Shavvol oyida qoʻshildilar (zifofda boʻldilar). Rasululloh ﷺ ning ayollaridan qaysi biri huzurlarida mendan koʻra suyukliroq edi?» Roviy aytdi: Oisha (oilasidagi) ayollarini Shavvol oyida (kuyov huzuriga) kiritishni mustahab koʻrar edi.