وَعَنْ عَامِرِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: دَخَلْتُ عَلَى قَرَظَةَ بْنِ كَعْبٍ وَأَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ فِي عُرْسٍ وَإِذَا جِوَارٍ يُغَنِّينَ فَقُلْتُ: أَيْ صَاحِبَيْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَهْلَ بَدْرٍ يُفْعَلُ هَذَا عِنْدَكُمْ؟ فَقَالَا: اجْلِسْ إِنْ شِئْتَ فَاسْمَعْ مَعَنَا وَإِنْ شِئْتَ فَاذْهَبْ فَإِنَّهُ قَدْ رَخَّصَ لَنَا فِي اللَّهْوِ عِنْدَ الْعُرْسِ. رَوَاهُ النَّسَائِيّ
Omir ibn Saʼd (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men bir toʻyda Qaraza ibn Kaʼb va Abu Masʼud al-Ansoriy huzuriga kirdim. Choʻrilar qoʻshiq aytishayotgan edi. Men: «Ikkovingiz Rasululloh ﷺning sahobalari va Badr ahlidan boʻlaturib, huzuringizda shu ish qilinadimi?» dedim. Ular: «Xohlasang oʻtir, biz bilan tingla, xohlasang ket. Toʻyda koʻngil ochishga bizga ruxsat berilgan», deyishdi.