وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ هَلْ لَكَ فِي بِنْتِ عَمِّكَ حَمْزَةَ؟ فَإِنَّهَا أَجْمَلُ فَتَاةٍ فِي قُرَيْشٍ فَقَالَ لَهُ: «أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ حَمْزَةَ أَخِي مَنِ الرَّضَاعَةِ؟ وَأَنَّ اللَّهَ حَرَّمَ مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا حرم من النّسَب؟» . رَوَاهُ مُسلم
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, amakingiz Hamzaning qiziga (uylanishni) xohlaysizmi? U Qurayshdagi eng goʻzal qizdir», dedim. Shunda u zot menga: «Hamza sut orqali (emishgan) akam ekanini bilmaysanmi? Alloh nasab orqali harom qilgan narsalarni sut (emizish) orqali ham harom qilgandir», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.