عَنْ جَابِرٍ قَالَ: كَانَتِ الْيَهُودُ تَقُولُ: إِذَا أَتَى الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ مِنْ دُبُرِهَا فِي قُبُلِهَا كَانَ الْوَلَد أَحول فَنزلت: (نساوكم حرث لكم فَأتوا حَرْثكُمْ أَنى شِئْتُم)
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Yahudiylar: «Agar kishi oʻz ayoliga orqasidan, (lekin) old (chiqaruv) joyiga yaqinlik qilsa, bola gʻilay boʻlib (tugʻiladi)», deb aytishar edi. Shunda: {Ayollaringiz sizlar uchun ekinzordir, bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha boring} (Baqara 223), degan oyat nozil boʻldi.