عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: أُوحِيَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: (نساوكم حرث لكم فَأتوا حَرْثكُمْ) الْآيَةَ: «أَقْبِلْ وَأَدْبِرْ وَاتَّقِ الدُّبُرَ وَالْحَيْضَةَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺga: {Ayollaringiz sizlar uchun ekinzordir, bas, ekinzoringizga (xohlaganingizcha) keling} (Baqara 223) oyati vahiy qilindi. (Bu:) «Oldidan ham, orqasidan ham (yaqinlik qilaver), biroq orqa (dubur)dan va hayz (payti)dan saqlan», (degani edi). Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan.