وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: كَانَ زَوْجُ بَرِيرَةَ عبدا أسود يُقَالُ لَهُ مُغِيثٌ كَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَيْهِ يَطُوفُ خلفهَا فِي سِكَك الْمَدِينَة يبكي وَدُمُوعُهُ تَسِيلُ عَلَى لِحْيَتِهِ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَىَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِلْعَبَّاسِ: «يَا عَبَّاسُ أَلَا تَعْجَبُ مِنْ حُبِّ مُغِيثٍ بَرِيرَةَ؟ وَمِنْ بُغْضٍ بَرِيرَة مغيثاً؟» فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ راجعته» فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللَّهِ تَأْمُرُنِي؟ قَالَ: «إِنَّمَا أَشْفَعُ» قَالَتْ: لَا حَاجَةَ لِي فِيهِ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bariraning eri Mugʻis degan bir qul edi. Goʻyo men uni koʻrib turibman, Bariraning orqasidan yigʻlab, koʻz yoshlari soqoliga oqib aylanib yurar edi. Shunda Nabiy ﷺ Abbosga: «Ey Abbos, Mugʻisning Bariraga boʻlgan muhabbatidan va Bariraning Mugʻisga boʻlgan nafratidan hayron qolmaysanmi?» dedilar. Soʻng Nabiy ﷺ u ayolga: «Agar unga qaytsang (yaxshi boʻlmasmi), axir u sening bolangning otasi-ku», dedilar. U: «Ey Rasululloh, menga buyurayapsizmi?» dedi. U zot: «Men faqat shafoat (tavsiya) qilayapman, xolos», dedilar. U: «Unda menga uning keragi yoʻq», dedi.