عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: أَلَا لَا تُغَالُوا صَدُقَةَ النِّسَاءِ فَإِنَّهَا لَوْ كَانَتْ مَكْرُمَةً فِي الدُّنْيَا وَتَقْوَى عِنْدَ اللَّهِ لَكَانَ أَوْلَاكُمْ بِهَا نَبِيُّ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَا عَلِمْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَكَحَ شَيْئًا مِنْ نِسَائِهِ وَلَا أَنْكَحَ شَيْئًا مِنْ بَنَاتِهِ عَلَى أَكْثَرَ مِنَ اثْنَتَيْ عَشْرَةَ أُوقِيَّةً. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ
Abu Ajfa as-Sulamiy aytdi: Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu): «Ogoh boʻlinglar, ayollarning mahrini oshirib yubormanglar. Agar bu dunyoda bir sharaf yoki Alloh nazdida bir taqvo boʻlganida, unga sizlardan koʻra haqliroq Allohning Paygʻambari ﷺ boʻlardilar. Men Rasululloh ﷺning oʻz ayollaridan birortasini oʻn ikki uqiyadan ortiqqa nikohlaganlarini yoki qizlaridan birortasini oʻn ikki uqiyadan ortiqqa turmushga berganlarini bilmayman», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Abu Ajfa as-Sulamiyning ismi Haramdir. Uqiya ilm ahli nazdida qirq dirham, oʻn ikki uqiya esa toʻrt yuz sakson dirhamdir.