وَعَنْ عَامِرِ بْنِ رَبِيعَةَ: أَنَّ امْرَأَةً مَنْ بَنِي فَزَارَةَ تَزَوَّجَتْ عَلَى نَعْلَيْنِ فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَرَضِيتِ مِنْ نَفْسِكِ وَمَالِكِ بِنَعْلَيْنِ؟» قَالَتْ: نَعَمْ. فَأَجَازَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Omir ibn Robiʼa otasidan rivoyat qilishicha, Banu Fazora qabilasidan boʻlgan bir ayol ikki kavush (sadoq) evaziga turmushga chiqdi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Oʻzingni va molingni ikki kavush evaziga (berishga) rozimisan?» dedilar. U: «Ha», dedi. (Roviy) aytdi: Shunda u zot buni joiz qildilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Umar, Abu Hurayra, Sahl ibn Saʼd, Abu Said, Anas, Oisha, Jobir va Abu Hadrad al-Aslamiydan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Omir ibn Robiʼa hadisi hasan sahihdir. Ilm ahli mahr xususida ixtilof qilganlar. Baʼzi ilm ahli: Mahr ular oʻzaro rozi boʻlgan narsadir, deyishgan. Bu Sufyon as-Savriy, Shofeʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Molik ibn Anas esa: Mahr chorak dinordan kam boʻlmaydi, degan. Baʼzi Kufa ahli esa: Mahr oʻn dirhamdan kam boʻlmaydi, deyishgan.