وَعَنْهُ قَالَ: أَقَامَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَ خَيْبَرَ وَالْمَدِينَةِ ثَلَاثَ لَيَالٍ يُبْنَى عَلَيْهِ بِصَفِيَّةَ فَدَعَوْتُ الْمُسْلِمِينَ إِلَى وَلِيمَتِهِ وَمَا كَانَ فِيهَا مِنْ خُبْزٍ وَلَا لَحْمٍ وَمَا كَانَ فِيهَا إِلَّا أَن أمربالأنطاع فَبُسِطَتْ فَأَلْقَى عَلَيْهَا التَّمْرَ وَالْأَقِطَ وَالسَّمْنَ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Anas (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ Xaybar bilan Madina orasida uch kecha turib, Safiyya bilan (nikoh) qurdilar. Men musulmonlarni u zotning valimasi (toʻy oshi)ga chaqirdim — unda na non, na goʻsht bor edi. Unda faqat shu bor ediki, u zot Bilolga (teri) dasturxonlarni (yoʻyishni) buyurdilar, ular yoʻyildi, soʻng ustiga xurmo, qurut va yogʻ tashlandi. Musulmonlar: «(Safiyya) moʻminlar onalaridan birimi, yoki u zotning (qul sifatida) qoʻ li ostidagi (choʻri)midir?» deyishdi. Ular: «Agar u zot uni (hijob bilan) toʻssalar, u moʻminlar onalaridan biri; agar uni toʻsmasalar, u zotning qoʻ li ostidagidandir», deyishdi. U zot koʻchganlarida, u (Safiyya) uchun ortlarida (joy) tayyorlab, hijobni (toʻsiqni) tortdilar (shunda u moʻminlar onasi ekani maʼlum boʻ ldi).