عَنْ عَائِشَةَ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقْسِمُ بَيْنَ نِسَائِهِ فَيَعْدِلُ وَيَقُولُ: «اللَّهُمَّ هَذَا قَسْمِي فِيمَا أَمْلِكُ فَلَا تَلُمْنِي فِيمَا تَمْلِكُ وَلَا أَمْلِكُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ والدارمي
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ayollari orasida navbat taqsimlar va adolat qilar edilar, hamda: «Allohim, bu mening qoʻlimda boʻlgan narsadagi taqsimimdir, Sening qoʻlingda boʻlib, mening qoʻlimda boʻlmagan narsada meni malomat qilmagin», derdilar. Abu Iso aytdi: Oishaning hadisini shu tarzda bir necha kishi Hammod ibn Salamadan, u Ayyubdan, u Abu Qilobadan, u Abdulloh ibn Yaziddan, u Oishadan, Nabiy ﷺ taqsim qilar edilar, deb rivoyat qilgan. Hammod ibn Zayd va boshqa bir necha kishi esa buni Ayyubdan, u Abu Qilobadan mursal qilib, Nabiy ﷺ taqsim qilar edilar, deb rivoyat qilgan. Bu Hammod ibn Salamaning hadisidan sahihroqdir. U zotning «Sening qoʻlingda boʻlib, mening qoʻlimda boʻlmagan narsada meni malomat qilmagin» degan soʻzining maʼnosi — muhabbat va moyillikdir; baʼzi ilm ahli buni shunday izohlagan.