وَعَن أنس قَالَ: آلى رَسُول الله مِنْ نِسَائِهِ شَهْرًا وَكَانَتِ انْفَكَّتْ رِجْلُهُ فَأَقَامَ فِي مَشْرُبَةٍ تِسْعًا وَعِشْرِينَ لَيْلَةً ثُمَّ نَزَلَ فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ آلَيْتَ شَهْرًا فَقَالَ: «إِنَّ الشَّهْرَ يَكُونُ تِسْعًا وَعِشْرِينَ» . رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ bir oy davomida zavjalaridan uzoqlashishga qasam qilgan edilar va u zotning oyogʻi (chiqib) ogʻrigan edi. Bas, u zot yigirma toʻqqiz kecha bir balandxonada (mashrubada) qoldilar, soʻng (pastga) tushdilar. Baʼzi odamlar: «Yo Rasululloh, siz bir oy uzoqlashishga qasam qilgan edingiz», — dedi. U zot: «Oy yigirma toʻqqiz kun (ham boʻladi)», — deb javob berdilar.