وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «كُلُّ طَلَاقٍ جَائِزٌ إِلَّا طَلَاقَ الْمَعْتُوهِ وَالْمَغْلُوبِ عَلَى عَقْلِهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ وَعَطَاءُ بْنُ عجلانَ الرَّاوي ضعيفٌ ذاهبُ الحَدِيث
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Har bir taloq joizdir, magar aqli yengilgan, aqldan ozgan kishining taloqi joiz emas», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni biz faqat Ato ibn Ajlonning hadisidangina marfuʼ holda bilamiz. Ato ibn Ajlon esa zaif boʻlib, hadisi tashlab qoʻyilgan kishidir. Paygʻambar ﷺ ashoblari va boshqa ilm ahli huzurida amal shunga koʻradir: aqli yengilgan, aqldan ozgan kishining taloqi joiz emas, magar aqldan ozgan kishi baʼzan oʻziga kelib qoladigan boʻlsa, oʻziga kelgan holatda taloq qilsa, (joizdir).