وَعَنْ عَائِشَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «طَلَاقُ الْأَمَةِ تَطْلِيقَتَانِ وَعِدَّتُهَا حَيْضَتَانِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Choʻri (qiz)ning talogʻi ikki taloq, uning iddasi esa ikki hayzdir», dedilar. (Rivoyat qiluvchi) aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Umardan ham (hadis) bor. Abu Iso aytdi: Oishaning hadisi gʻaribdir, biz uni marfuʼ (Paygʻambarga koʻtarilgan) holda faqat Muzohir ibn Aslamning hadisidan bilamiz, Muzohirning esa ilmda shu hadisidan boshqasini bilmaymiz. Nabiy ﷺ sahobalaridan boʻlgan va boshqa ilm ahli huzurida amal shunga muvofiqdir; bu Sufyon Savriy, Shofeiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir.