وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَاعن بَين رجل وَامْرَأَته فانتقى مِنْ وَلَدِهَا فَفَرَّقَ بَيْنَهُمَا وَأَلْحَقَ الْوَلَدَ بِالْمَرْأَةِ. مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ. وَفِي حَدِيثِهِ لَهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَعَظَهُ وَذَكَّرَهُ وَأَخْبَرَهُ أَنَّ عَذَابَ الدُّنْيَا أَهْوَنُ مِنْ عَذَابِ الْآخِرَةِ ثُمَّ دَعَاهَا فَوَعَظَهَا وَذَكَّرَهَا وَأَخْبَرَهَا أَنَّ عَذَاب الدُّنْيَا أَهْون من عَذَاب الْآخِرَة
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Subhanalloh, ha! Shu haqda birinchi boʻlib soʻragan kishi falon ibn falon edi. U: ‹Yo Rasululloh, aytib bering-chi, agar birimiz xotinini bir fohisha ish (zino) ustida topib qolsa, qanday qilsin? Agar gapirsa, ulkan ish haqida gapirgan boʻladi, agar jim tursa, mana shunday (ulkan) ish ustida jim turgan boʻladi›, dedi. Nabiy ﷺ jim turdilar va unga javob bermadilar. Shundan keyin u (yana) u zotning oldiga kelib: ‹Men sizdan soʻragan narsaga oʻzim mubtalo boʻldim›, dedi. Shunda Aziz va Jalil boʻlmish Alloh Nur surasidagi mana bu oyatlarni: {Xotinlariga (zino) tuhmatini qiluvchilar...} (Nur 6) nozil qildi. U zot bularni unga tilovat qilib berdilar, unga vaʼz qildilar, eslatdilar va unga dunyo azobi oxirat azobidan yengilroq ekanini xabar qildilar. U: ‹Yoʻq, sizni haq bilan (Paygʻambar qilib) yuborgan Zotga qasamki, men unga (tuhmat qilib) yolgʻon aytmadim›, dedi. Soʻng u zot uni (ayolni) chaqirib, unga vaʼz qildilar, eslatdilar va unga dunyo azobi oxirat azobidan yengilroq ekanini xabar qildilar. U (ayol): ‹Yoʻq, sizni haq bilan (Paygʻambar qilib) yuborgan Zotga qasamki, u (er) albatta yolgʻonchidir›, dedi. Shunda u zot erkakdan boshladilar: u toʻrt marta Allohga qasam ichib, oʻzi rostgoʻylardan ekaniga guvohlik berdi, beshinchisida esa: ‹Agar yolgʻonchilardan boʻlsam, Allohning laʼnati menga boʻlsin›, dedi. Soʻng ikkinchi qilib ayolni (chaqirdilar): u toʻrt marta Allohga qasam ichib, u (er) yolgʻonchilardan ekaniga guvohlik berdi, beshinchisida esa: ‹Agar u (er) rostgoʻylardan boʻlsa, Allohning gʻazabi menga boʻlsin›, dedi. Soʻng u zot ularning oʻrtasini ajratdilar», dedi.