وَعَنْهُ أَنَّ أَعْرَابِيًّا أَتَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إنَّ امْرَأَتي ولدَتْ غُلَاما أسودَ وَإِنِّي نكرته فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَلْ لَكَ مِنْ إِبِلٍ؟» قَالَ: نَعَمْ قَالَ: «فَمَا أَلْوَانُهَا؟» قَالَ: حُمْرٌ قَالَ: «هَلْ فِيهَا مِنْ أَوْرَقَ؟» قَالَ: إِنَّ فِيهَا لَوُرْقًا قَالَ: «فَأَنَّى تُرَى ذَلِكَ جَاءَهَا؟» قَالَ: عِرْقٌ نَزَعَهَا. قَالَ: «فَلَعَلَّ هَذَا عِرْقٌ نَزَعَهُ» وَلَمْ يُرَخِّصْ لَهُ فِي الِانْتِفَاءِ مِنْهُ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir aʼrobiy (badaviy arab) Rasululloh ﷺning huzurlariga kelib: «Mening ayolim qora bola tugʻdi, men uni (oʻzimniki deb) tan olmayapman», dedi. Rasululloh ﷺ unga: «Sening tuyalaring bormi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Ularning ranglari qanday?» dedilar. U: «Qizil», dedi. U zot: «Ularning orasida kulrang (xokisterrang)i bormi?» dedilar. U: «Ha, orasida kulranglari bor», dedi. U zot: «Bu (rang) qayerdan kelib qoldi deb oʻylaysan?» dedilar. U: «Ey Rasululloh, biror tomir (irq) uni tortib (chiqarib) qoʻygandir», dedi. U zot: «Balki buni ham biror tomir tortib (chiqarib) qoʻygandir», dedilar. Va u zot unga (bolani) oʻzidan tonib voz kechishga ruxsat bermadilar.