وَعَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ وَأَبِي بَكْرَةَ قَالَا: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنِ ادَّعَى إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ وَهُوَ يَعْلَمُ أَنَّهُ غَيْرُ أَبِيهِ فَالْجَنَّةُ عَلَيْهِ حرَام»
(Saʼd (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki, u aytdi:) Men Paygʻambar ﷺning: «Kim otasidan boshqasini — uning otasi emasligini bila turib — (oʻziga) ota deb daʼvo qilsa, unga jannat harom boʻladi», deganlarini eshitdim. Men buni Abu Bakraga aytganimda, u: «Buni mening ikki qulogʻim Rasululloh ﷺdan eshitgan va qalbim yodda saqlagan», dedi.