عَن سُليمانَ بنِ يَسارٍ: أَنَّ الْأَحْوَصَ هَلَكَ بِالشَّامِ حِينَ دَخَلَتِ امْرَأَتُهُ فِي الدَّمِ مِنَ الْحَيْضَةِ الثَّالِثَةِ وَقَدْ كَانَ طَلَّقَهَا فَكَتَبَ مُعَاوِيَةُ بْنُ أَبِي سُفْيَانَ إِلَى زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ يَسْأَلُهُ عَنْ ذَلِكَ فَكَتَبَ إِلَيْهِ زِيدٌ: إِنَّهَا إِذَا دَخَلَتْ فِي الدَّمِ مِنَ الْحَيْضَةِ الثَّالِثَةِ فَقَدْ بَرِئَتْ مِنْهُ وَبَرِئَ مِنْهَا لَا يرِثُها وَلَا ترِثُه. رَوَاهُ مَالك
Sulaymon ibn Yasar (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ahvas Shomda, oʻzi taloq qilgan xotini uchinchi hayzning qoniga kirgan paytda vafot etdi. Muoviya ibn Abu Sufyon Zayd ibn Sobitga bu haqda soʻrab xat yozdi. Zayd unga: «Xotin uchinchi hayzning qoniga kirsa, u erdan, er esa undan ajralgan boʻladi; er unga voris boʻlmaydi, u ham erga voris boʻlmaydi», deb javob yozdi. Molik rivoyat qilgan.