عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ: مَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِامْرَأَةٍ مُجِحٍّ فَسَأَلَ عَنْهَا فَقَالُوا: أَمَةٌ لِفُلَانٍ قَالَ: «أَيُلِمُّ بِهَا؟» قَالُوا: نَعَمْ. قَالَ: «لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ أَلْعَنَهُ لَعْنًا يَدْخُلُ مَعَهُ فِي قَبْرِهِ كَيْفَ يَسْتَخْدِمُهُ وَهُوَ لَا يَحِلُّ لَهُ؟ أَمْ كَيْفَ يُوَرِّثُهُ وَهُوَ لَا يحلُّ لَهُ؟» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ tugʻish arafasidagi homilador bir ayolning yonidan oʻtib, u haqda soʻradilar. «Bu falonchining choʻrisi», deyishdi. U zot: «U bilan yaqinlik qiladimi?», deb soʻradilar. «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Men uni shunday laʼnat bilan laʼnatlashni koʻnglimga tugdimki, u laʼnat qabriga u bilan birga kiradi. U (bolani) qanday xizmatga soladi, holbuki u oʻziga halol emas? Yoki uni qanday meros oldiradi, holbuki u oʻziga halol emas?», dedilar. Muslim rivoyat qilgan.