وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِخْوَانُكُمْ جَعَلَهُمُ اللَّهُ تَحْتَ أَيْدِيكُمْ فَمَنْ جَعَلَ اللَّهُ أَخَاهُ تَحْتَ يَدَيْهِ فَلْيُطْعِمْهُ مِمَّا يَأْكُلُ وَلْيُلْبِسْهُ مِمَّا يَلْبَسُ وَلَا يُكَلِّفْهُ مِنَ الْعَمَلِ مَا يَغْلِبُهُ فَإِنْ كَلَّفَهُ مَا يَغْلِبُهُ فَلْيُعِنْهُ عَلَيْهِ»
(Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi.) (Maʼrur aytdi:) Men uning (Abu Zarrning) egnida bir burd, qulining egnida (ham) bir burd (boʻlganini) koʻrdim va: «Agar mana shuni (qulnikini) olib kiysang, (toʻla) hulla boʻlardi, unga esa boshqa kiyim berarding» dedim. U: «Men bilan bir kishi oʻrtasida gap (janjal) boʻlgan edi; uning onasi ajam (arab boʻlmagan) edi, men uni (onasi bilan) kamsitdim (soʻkdim). U meni Paygʻambar ﷺga (shikoyat qilib) aytdi. (U zot) menga: ‹Sen falon (kishi)ni soʻkdingmi?› dedilar. Men: ‹Ha› dedim. (U zot:) ‹Uning onasini kamsitdingmi?› dedilar. Men: ‹Ha› dedim. (U zot:) ‹Sen — oʻzingda johiliyat (xulqi) bor bir kishidirsan› dedilar. Men: ‹Mana shu chogʻimda, keksa yoshimda (ham)mi?› dedim. (U zot:) ‹Ha; ular (qullar) — sizlarning birodarlaringizdir; Alloh ularni sizlarning qoʻllaringiz ostida (xizmatchi) qildi. Bas, kimning birodari uning qoʻli ostida boʻlsa, uni oʻzi yeydigan (taom)dan yedirsin, oʻzi kiyadigan (kiyim)dan kiydirsin va unga — oʻziga ogʻir keladigan ishni yuklamasin; agar unga ogʻir keladigan (ish) yuklasa, unga (oʻzi) yordam bersin› dedilar» dedi.