وَعَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ قَالَ: كُنْتُ أَضْرِبُ غُلَامًا لِي فَسَمِعْتُ مِنْ خَلْفِي صَوْتًا: «اعْلَمْ أَبَا مَسْعُودٍ لَلَّهُ أَقْدَرُ عَلَيْكَ مِنْكَ عَلَيْهِ» فَالْتَفَتُّ فَإِذَا هُوَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ هُوَ حُرٌّ لِوَجْهِ اللَّهِ فَقَالَ: «أَمَا لَوْ لَمْ تَفْعَلْ لَلَفَحَتْكَ النَّارُ أَوْ لَمَسَّتْكَ النَّارُ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men oʻz xizmatkorimni urayotgan edim, shunda orqamdan: «Bilib qoʻy, Abu Masʼud, Alloh senga undan ustun qudrat egasidir», degan ovozni eshitdim. Men oʻgirilib qarasam, u Rasululloh ﷺ ekanlar. Men: «Yo Rasululloh! U Alloh yuzi uchun ozoddir», dedim. Shunda (u zot): «Agar shunday qilmaganingda, oʻt seni kuydirgan boʻlardi yoki oʻt senga tegishi muqarrar edi», dedilar.