وَعَنْ رَافِعِ بْنِ مَكِيثٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «حُسْنُ الْمَلَكَةِ يُمْنٌ وَسُوءُ الْخُلُقِ شُؤْمٌ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَلَمْ أَرَ فِي غَيْرِ الْمَصَابِيحِ مَا زَادَ عَلَيْهِ فيهِ منْ قولِهِ: «والصَّدَقةُ تمنَعُ مِيتةَ السُّوءِ والبِرُّ زيادةٌ فِي العُمُرِ»
Rofiʼ ibn Makis (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Qoʻl ostidagilarga yaxshi muomala qilish barakadir, yomon xulq esa shumlikdir», dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan. «Masobih»dan boshqasida bunga qoʻshib aytilgan mana bu soʻzlarni koʻrmadim: «Sadaqa yomon oʻlimning oldini oladi, yaxshilik esa umrni uzaytiradi».