وَعنهُ قَالَ: جَاءَتِ امْرَأَةٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: إِنَّ زَوْجِي يُرِيدُ أَنْ يَذْهَبَ بِابْنِي وَقَدْ سَقَانِي وَنَفَعَنِي فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَذَا أَبُوكَ وَهَذِهِ أُمُّكَ فَخُذْ بِيَدِ أَيِّهِمَا شِئْتَ» . فَأَخَذَ بِيَدِ أُمِّهِ فَانْطَلَقَتْ بِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالدَّارِمِيُّ
Madina ahlidan boʻlgan ozod qilingan, rostgoʻy kishi Abu Maymuna Salma aytadi: Men Abu Hurayra (roziyallohu anhu) bilan oʻtirgan edim, uning oldiga forslik bir ayol oʻgʻli bilan keldi. Eri uni taloq qilgan edi, ular ikkovlari ham bolani daʼvo qilishar edi. Ayol: «Ey Abu Hurayra», dedi va unga forschada (tushunarsiz) gapirdi: «Erim oʻgʻlimni olib ketmoqchi». Abu Hurayra: «Bola haqida qurʼa tashlanglar», dedi va unga buni (forschada) gapirib berdi. Soʻng uning eri keldi va: «Bolam haqida men bilan kim nizolashadi?», dedi. Abu Hurayra: «Ey Allohim, men buni faqat shuning uchun aytyapmanki, men huzurlarida oʻtirganimda Rasululloh ﷺning oldilariga bir ayol kelib: ‹Ey Allohning Rasuli, erim oʻgʻlimni olib ketmoqchi, holbuki u menga Abu Inaba quduqidan suv olib berar va menga foydasi tegar edi› deganini eshitganman. Shunda Rasululloh ﷺ: ‹Bola haqida qurʼa tashlanglar› dedilar. Uning eri: ‹Bolam haqida men bilan kim nizolashadi?› dedi. Nabiy ﷺ esa: ‹Mana bu otang, mana bu onang, ikkovidan xohlaganingning qoʻlidan tut› dedilar. Bola onasining qoʻlidan ushladi, u esa uni olib ketdi», dedi.